Sport

Tarixiy ğalaba!

Albom29-sentabr, 2023, 16:044 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

🥇Tarixiy ğalaba!

Qiliçboz qizlarimiz sablya yönalişidagi jamoaviy bahslarda Osiyo öyinlari çempioni bölişdi va 🇺🇿Özbekiston terma jamoasi hisobiga 7-oltin medalni yozib qöyişdi.

🇯🇵Yaponiya bilan final juda hayajonli böldi. Dastlab Paola Pliyego negadir finalda öta işonçsiz öynadi va yaponlar oldinga ötib oldi. Zaynab ham birinçi bahsda 4-5 hisobida yutqazib qöydi.

Ammo 18 yoşli Gulistan Perdibayeva degan monstr qizimiz bor ekan! Yaponlarning mazasini qoçirdi. Qoyil qoldim şu qizga, ğalabaga juda katta hissa qöşdi, bir özi 19 oçko olib berdi (jami 45 oçko)!

Şuningdek, Paolaning ikkinçi bahsi ham muvaffaqiyatsiz bölgaç, eng muhim pallada uning örniga zaxiradan tuşirilgan 17 yoşli Luiza Lara Errera ham işonçni töla oqladi va farqni kattalaştirib berdi!

Oxirgi nuqtani esa terma jamoamizning asosiy vakilasi Zaynab Dayibekova qöydi. OLTIN!

Bu Osiyo öyinlarida qiliçbozlik bahslarida tarixdagi Özbekistonning ilk oltin medali böldi. Barakalla, qizlar!

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Şavkat Mirziyoyev Berlindagi Belvyu saroyiga keldi

    0 koʻrish1 daqiqa

Yana oʻqing