Tasavvur qiling, 4-sinfni tugatgan farzandingiz 3 kundan keyin Prezident maktablari imtihoniga kirmoqçi
❗️Tasavvur qiling, 4-sinfni tugatgan farzandingiz 3 kundan keyin Prezident maktablari imtihoniga kirmoqçi. Imtihondan oldin juda hayajonlanyapti. Lekin siz bilib turibsiz, u imtihonda eng zöri böla olmaydi, çunki undan kuçlilar juda köp.
✅ Ammo, öz navbatida, farzandingiz ham aqlsiz va savodsiz emas. Sinfida eng zöri, maktabida TOP-5 öquvçidan biri, qöşnilar farzandingizga havas qiladi, qaniydi mening bolam ham şunaqa bölsa, deb orzu qiladi.
🤔Şunaqa paytda Siz ota-ona sifatida nima qilasiz? Farzandingiz hayotidagi birinçi eng katta imtihonga kirişidan oldin unga nima deysiz: dalda berasizmi yoki xatolarini yuziga solib, tanqid qilasizmi?
❓Nima demoqçiman?
⚽️Futbol böyiça milliy terma jamoamizni tarixiy ilk Jahon çempionati kutib turibdi. Bu — ular uçun ham, biz uçun ham katta imtihon.
🔹Yigitlarimiz hayajonda, ularga bizning daldamiz suv va havodek zarur;
🔹Hozir xatolarni sanaydigan, kimnidir yomonlaydigan vaqt emas;
🔹Barça tahlil va tanqidlarni Mundial tugaganidan keyinga qoldiraylik.
🤝 Tez kunda madhiyamiz jahon maydonlarida yangraydi. Keling, şu tarixiy onlarda jamoamiz bilan birga bölaylik.
🇺🇿 Olğa, Özbekiston! 👏
Alloh yigitlarimizning omadini bersin, ilohim! Biz duodamiz🤲
👉 @xushnudbek 👈
- 51 Telegram Stars



