Muhim

Taşabbusli byudjet muvaffaqiyatsizligi uçun emas, muvaffaqiyati uçun tanqidga uçrayapti

Matn27-mart, 2023, 15:302 daqiqa0 koʻrish

Taşabbusli byudjet muvaffaqiyatsizligi uçun emas, muvaffaqiyati uçun tanqidga uçrayapti

Telegramdagi “Iqtisod4i” kanali “Taşabbusli byudjet” haqida post qoldirdi. Jumladan, şunday deyiladi:

“Xabaringiz bor, hozir Özbekistonda Taşabbusli byudjet jarayoni ketyapti.

Turli tomondan tanqidlar ham yoğilyapti bu loyihaga. Qiziği, şu jarayonni «nima uçun davlat maktabni yoki kasalxonani özi joyiga qöyib qöymay, ularni ham Taşabbusli byudjetga qöşyapti», deb tanqid qilişyapti.

Mana şuning öziyoq loyiha eng muhim vazifasini bajaryapti degani. Maktablarning, şifoxonalarning ahvolini körib, ularni şundoq ham joyiga qöyiş kerakligi aytilyapti. Buning uçun xalq ovoz berişi şart emas. Bu töğri. Ana şu muhokamalarga esa Taşabbusli byudjet sababçi.

Mohiyatan xalq öz ovozini öz vakillariga saylovlarda berib bölgan. Öşa ovozlar bugun maktablarda, şifoxonalarda muammo bölmasligi uçun yetarli bölişi kerak.

Eng muhimi, pullar qayerga sarflanayotgani haqidagi muhokama, parlamentning asosiy vazifasi bölgan kimdan qança soliq oliş va qayerga qança sarflaş kerakligi haqidagi muhokama ham qaçondir boşlanişiga umid beradi.

Bugun “maktabni Taşabbusli byudjetga aralaştirmaslik kerak” deyayotgan odamlar, ertaga aslida maktabga qayerdan pul kelişi kerakligi haqida ham savollar bera boşlar, balki.

Hozirça esa, Taşabbusli byudjet asosan muvaffaqiyatsizligi uçun emas, muvaffaqiyati uçun tanqidga uçrayapti”.

Post tugadi.

P/S: bu haqida avval ham köp yozganman, “Taşabbusli byudjet” xalqning ongini oşirişda juda katta foyda beryapti. Eng avvalo:

1) davlat byudjeti amaldorlarning emas, xalqning puli ekanligini tuşunyapti;

2) tölayotgan soliqlari qayerga qanday sarflanayotganiga qiziqişyapti;

3) davlat buyurtmasi asosida bajarilayotgan qurilişlar va işlarni jamoatçilik nazorat qilişni boşlayapti;

4) şaxsiy manfaatlar uçun emas, mahalla va jamoat manfaatlari uçun köpçilik özaro birlaşiş, harakat qiliş, fidoyilik va jonbozlik körsatişni örganyapti;

5) Yuta olmay qolganlar hokim va boşqa masʼullarga “biz şunday yomon şaroitda qaçongaça yaşaymiz, nega davlat qilib bermayapti?” deb savol va talab qöyişni boşlayapti.

❗️Eng asosiysi bularning barçasi juda qisqa vaqt — atigi 2-3 yilda bölyapti. Mana bunisi haqiqatda juda ajoyib.

Ovoz beriş jarayonidagi muammo va kamçiliklar esa, yil sayin takomillaşib boraveradi, bundan katta fojia yasaş şartmas.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek