«Taşabbusli byudjet» tizimiga ayrim özgarişlar kiritildi
“Taşabbusli byudjet” tizimiga ayrim özgarişlar kiritildi
Senat kengaşining qarori bilan “Taşabbusli byudjet” jarayonlarini ötkaziş hamda moliyalaştiriş tartibiga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.
Asosiy özgartirişlar:
➖ Loyihalar ğolib deb topilişi uçun minimal ovozlar soni 50 ta etib belgilandi (bungaça 10 ta edi);
➖Jihozlaş loyihalari uçun eng yuqori qiymat bazaviy hisoblaş miqdorining 2 ming baravari (824 mln söm) etib belgilandi (bungaça 4 ming baravar edi).
➖ Quyidagi holatlarda “tanaffus” beriş amaliyoti qöllanmaydigan böldi:
🔹 mahallalari soni 15 ta va undan kam bölgan tuman(şahar)dagi mahallalarga;
🔹 “TOP-100” talikka kirgan eng yaxşi soliq tölovçi mahallalarga;
🔹loyihani şeriklik asosida amalga oşirgan mahallalarga.
✅ Bunda, loyiha kiritiş imkoniyati çeklangan mahallalarga şerikçilik asosida loyihalarni amalga oşirişga ruxsat beriladi.
🗓️ Ovoz beriş bosqiçi yakunlangandan söng, 10 kun davomida qöşimça ğolib loyihalarni aniqlaş böyiça 5-bosqiç ötkaziladi.
📋 Qöşimça ğolib loyihalar quyidagi usullarda aniqlanişi mumkin:
🔸 Xalq deputatlari tuman (şahar) kengaşlarining deputatlari ğolib bölmagan loyihaga yetişmagan mablağni tuman byudjetining qöşimça mablağlari hisobidan ajratiş orqali;
🔸 Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari – ğolib bölmagan loyihalar orasidan bitta loyihani tanlaş orqali.
👉 @xushnudbek 👈
- 5 Telegram Stars


