Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi xususiy öquv markazlarini hamkorlikka çaqirmoqda
Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi xususiy öquv markazlarini hamkorlikka çaqirmoqda
Agentlik quyidagi böş iş örinlariga munosib nomzodlarni tayyorlaş maqsadida respublikamizda röyxatdan ötgan barça öquv markazlarni hamkorlikka taklif qilmoqda!
− 🇩🇪Germaniyada yuk avtomobili haydovçisi, yuk avtomobillariga texnik xizmat körsatiş va ularni boşqariş, hamşiralik, mehmonxona, restoran işi kabi sohalarda işlaş istagidagi nomzodlarga nemis tilini B1 (dual taʼlim dasturi uçun), B2 (töğridan-töğri işga) darajada örgatiş;
− 🇯🇵Yaponiyada quriliş, qişloq xöjaligi, parvarişlaş sohalarida işlaş istagidagi nomzodlarga yapon tilini N5, N4 yoki undan yuqori darajada örgatiş, sohalar böyiça malaka imtihonlariga tayyorlaş;
− 🇰🇷Janubiy Koreyada işlab çiqariş, xizmat körsatiş, kemasozlik kabi sohalarda işlaş istagidagi nomzodlarga koreys tilini TOPIK 3 darajada örgatiş;
− 🇱🇹Litvada quriliş va yuk avtomobili haydovçisi sohalarida işlaş istagidagi nomzodlarga rus tilini B2 darajada örgatiş;
− 🇧🇬Bolgariya, 🇷🇴Ruminiya, 🇹🇷Turkiya, 🇭🇷Xorvatiya davlatlarida quriliş, mehmonxona xöjaligi, işlab çiqariş va servis sohalarida rus tilini B1, ingliz tilini B2 darajada örgatiş böyiça öquv markazlari murojaat qilişi mumkin.
✅ Öquv markazlar uçun afzalliklar:
● Xorijiy iş beruvçi talabnomalari doimiy yangilangan holatda taqdim etib boriladi;
● Öquv markazlarida çet tillarini talab darajasida örgangan nomzodlarning xorijiy davlat iş beruvçilari tanlovlarida iştiroki taʼminlanadi.
🗳Hamkorlik qiliş istagidagi öquv markazlaridan boğlaniş uçun maʼlumotlarni quyidagi elektron poçtaga jönatişlari mumkin: info@migration.uz
👉 @xushnudbek 👈



