Taxiatoş, Böston va Böka tumanlarining hokim örinbosarlari pora bilan uşlandi

Video2-iyul, 2024, 18:265 daqiqa0 koʻrish

Taxiatoş, Böston va Böka tumanlarining hokim örinbosarlari pora bilan uşlandi

➖ Qoraqalpoğiston Respublikasi Taxiatoş tumani hokimining quriliş, kommunal xöjalik, ekologiya va kökalamzorlaştiriş masalalari böyiça örinbosari hokimlik balansida bölgan va rejaviy buzilişga tuşgan uyni mahalliy fuqaroga buziş işlarini olib boriş hamda buziş davomida çiqqan materiallardan öz xohişiga köra foydalaniş (sotiş) vakolatini beruvçi hujjatlarni rasmiylaştirib beriş evaziga 35 mln söm talab qiladi. U söralgan pul mablağidan 32 mln sömni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi;

➖ Andijon viloyati Böston tumani fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi raisi özining nomida bölgan, çorvaçilikka ixtisoslaşgan fermer xöjalik tasarrufidagi 10 gektar yer maydonini eksportbop mahsulotlar yetiştiriluvçi yer toifasiga özgartirib, bu haqida tuman hokimining ekin maydonlarini joylaştiriş töğrisidagi qarorini çiqartirib tadbirkorga 3 yilga foydalanişga beriş evaziga 20 ming dollar talab qiladi. U oldindan 10 ming dollar olgan vaqtida uşlangan.

Tergovga qadar tekşiruv davomida, kengaş raisi avans sifatida olgan pul mablağini Böston tumani hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosariga berişi kerakligi maʼlum bölib, u ham 10 ming dollarni olgan vaqtida qölga olingan;

➖ Favqulodda vaziyatlar vazirligining Böka tumani bölimi boşliği köp qavatli uy uçun davlat qabul qiliş dalolatnomasini tasdiqlatib beriş evaziga 2500 dollar olgan vaqtida uşlangan.

Tergovga qadar tekşiruv davomida, u 1200 dollarni Böka tumani hokimining quriliş, kommunikatsiya, ekologiya va kökalamzorlaştiriş masalalari böyiça örinbosariga berişi kerakligi maʼlum bölib, mazkur mansabdor şaxs ham pul mablağini olgan vaqtida qölga tuşgan.

Hozirda holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, mazkur şaxslarning barçasiga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek