Fikr

Tergov sudyalari haqida dilemma

Foto10-yanvar, 2025, 18:572 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Tergov sudyalari haqida dilemma

💬 Qisqa mazmuni: 1-yanvardan taşkil etilgan tergov sudyalari hozir faqat maʼmuriy huquqbuzarlikka oid işlarni köryapti, lekin eng asosiy kutilgan vazifa, yaʼni sanksiya beriş bilan şuğullanmayapti.

📝Batafsil: Prezidentning 2024-yil 10-iyundagi 89-sonli farmoni asosida 2025-yil 1-yanvardan tergov sudyasi lavozimi joriy qilindi hamda ularga quyidagi asosiy 2 ta vakolatlar berildi:

1) jinoyat işlari böyiça sudga qadar iş yurituv davrida protsessual qarorlarga sanksiya beriş;

2) maʼmuriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni körib çiqiş.

Farmon ijrosi hozirça quyidagi holatda:

✅ haqiqatdan, 1-yanvardan tergov sudyalari lavozimi taşkil etildi;

✅ haqiqatdan, tergov sudyalari maʼmuriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni körib çiqişni boşladi;

❌ ammo ularga sanksiya beriş vakolatlari berilmadi. Hozirda sanksiyalarni tergov sudyalari emas, avvalgidek jinoyat işlari böyiça sudyalar bermoqda.

Sababi nima ekanligini aniq bilmadim. Lekin mendagi maʼlumotlarga köra, bunga asosiy sabab — hozirça tergov sudyasi lavozimi joriy etilişi munosabati bilan qonunçilikka özgariş kiritilmagan. Yaʼni kodekslar, sudlar faoliyatiga oid qonunlar özgarmagan.

Jinoyat-protsessual kodeksida sanksiyani tergov sudyasi beradi, deyilmagani uçun farmon asosida iş köra olmaymiz, deyişayotgan bölişlari mumkin.

Unda şunçaki savol tuğiladi: Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga ham hali özgariş kirmadi-ku. Nega farmon asosida tergov sudyalariga maʼmuriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni körib çiqişga ruxsat berilmoqda?

Yaʼni JPKga kelganda qonun tomon, MJtKga kelganda farmon tomon böldikmi? Yagona prinsip yöqmi? Qiziq, dilemma xullas.

Tezroq qonun qabul qilinib, uşbu tuşunmovçilik bartaraf etiladi, degan umiddaman.

👉 @xushnudbek 👈

  • 2 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek