Tushuntirish

Testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi?

Matn16-iyul, 2025, 17:382 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❓Testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi?
#abituriyent

✅ Ötgan yildan buyon testgaça faqat fanlar majmuasi tanlanadigan böldi. Qolgan muhim jihatlar testdan keyin tanlanadi.

Xöş, testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi?

1️⃣ Birinçidan: beştagaça yönaliş tanlaydi.

Bunda test topşirgan fanlar majmuasiga töğri keladigan ISTALGAN yönalişlarni va ISTALGAN OTMlarnitanlaşi mumkin.

Köpçilik röyxatdan ötiş çoğida tanlagan yönalişini özgartirsa böladimi, deb söramoqda. Bu haqda avval ham aytgandik, UzBMB saytida fanlar majmuasini emas, yönalişni tanlaydigan qilişgani uçun köpçilik çalğib qoldi. Lekin siz tanlagan yönaliş heç narsani anglatmaydi, şunçaki osonroq bölişi uçun misol sifatida qöyilgandi xolos.

Bu haqda batafsil mana bu postda tuşuntirganman:
https://t.me/xushnudbek/28279

Xullas, siz röyxatdan ötişda qaysi yönalişni tanlaganingiz muhim emas, testdan keyin fanlaringizga mos keladigan ISTALGAN beştagaça yönalişni tanlay olasiz.

2️⃣ Ikkinçidan, taʼlim şaklini tanlaydi.

Bunda kvotada ajratilgan joyga qarab, kunduzgi, keçki yoki masofaviy şaklni tanlaş mumkin. Yoki beşta yönaliş içida aralaştirib tanlasa ham böladi. Masalan, 1 va 2-yönalişga kunduzgi, 3 va 4-ga keçki va 5-ga masofaviy qilib.

Qaysi yönalişda keçki va masofaviy bor-yoki yöqligini kvotalar çiqqaç bilib olişingiz mumkin. Lekin hozirça kvotalar tasdiqlanmadi.

3️⃣ Uçinçidan, tanlov ustuvorligini tanlaydi.

Bunda tanlov ustuvorligini yoki davlat grantiga, yoki yönalişga qaratiş mumkin. Masalan, kimdir "menga qaysi beşta yönalişdan biriga kirişimning farqi yöq, asosiysi davlat grantiga kirişim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksinça "men birinçi tanlagan yönalişimga kirişim şart, kontraktga kirsam ham roziman" desa, unda ustuvorlikni yönalişga beradi.

Bu haqda batafsil mana bu postda tuşuntirganman:
https://t.me/xushnudbek/24856

(joriy yilda sirtqi bölmaydi, lekin misol tariqasida tizim qanday işlaşini tuşunib oliş mumkin)

❗️XULOSA: Demak, abituriyentlar 14-23-iyul kunlari testga kirib çiqadi. Neça ball olganini ertasi kuni bilib olişadi. Barça testlar tugagaç, yuqoridagi uçta masalani tanlaş uçun 15 kun vaqt beriladi. 15 kun ötgaç, umumiy mandat şakllantiriş boşlanadi. Qoida tariqasida, yakuniy mandat 1 hafta içida çiqişi kerak. Demak, 17-avgust atrofida mandat çiqişi mumkin.

Oliygohlarning mandati çiqib bölgaç, öqişga kira olmagan abituriyentlarga kollej va texnikumlarni tanlaş uçun imkoniyat beriladi. Bunga 10 kun vaqt ajratiladi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 3 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek