Tilmoç işlating, matn tayyorlaşda vaqtingizni tejang!

Albom11-oktabr, 2024, 18:022 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Tilmoç işlating, matn tayyorlaşda vaqtingizni tejang!

Yaxşi işni yaxşi deyiş va özimizning startaplarni qöllab-quvvatlaş kerak. Bu reklama emas, xolisona tavsiya.

Tahrirçi saytini ançadan buyon işlataman, bu loyiha haqida avval ham bir yozgandim. Ilgari faqat lotin-kirill transletiratsiyasi hamda matndagi xatolarni töğrilaş funksiyasi bor edi. Hozir saytga tarjima funksiyasi ham qöşilgan.

Tilmoç dasturi orqali özbek, rus, ingliz va qoraqalpoq tilidagi matnlarni özaro bir-biriga tarjima qiliş mumkin. Özim ançadan buyon işlataman, hatto Premium obuna ham sotib olganman. Tarjima boşqa dasturlarga qaraganda ança sifatli çiqyapti. Ayniqsa, "Sayqallaş" tugmasi orqali sunʼiy intellekt tarjimani tahrirlab berişi ortidan sifat yanada oşyapti. Xuddi tirik muharrir körib berganga öxşaydi.

Şu sohadagi mutaxassislar uçun ham, oddiy kundalik hayotda foydalaniş uçun ham yordam beradi. Taşkilotlar xodimlariga olib bermoqçi bölsa, korporativ tariflar ham mavjud.

Yuqoridagi suratlarda misol uçun olingan rusça kiçik matnning tarjima natijalari aks etgan. Dastlab oddiysi, söngra sayqallaş xizmatidan keyingi natija, oxirgi suratda esa xuddi şu matn uçun Google Translate xizmati bergan variant. Sifatini özingiz farqlab olavering.

👉 @xushnudbek 👈

  • 8 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek