Muhim

Tölov-kontrakt mablağlarini tölaş muddati 1-dekabrga qadar uzaytirildi

Matn28-oktabr, 2024, 18:201 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Tölov-kontrakt mablağlarini tölaş muddati 1-dekabrga qadar uzaytirildi

Davlat qabul komissiyasining tegişli bayoni bilan 2024/2025-öquv yilida oliy taʼlim muassasalarining quyidagi bakalavriat hamda magistratura talabalari uçun tölovlarni amalga oşiriş va talabalar safiga qabul qilişni rasmiylaştirişning muddati 2024-yil 1-dekabrga qadar (şu kuni ham) uzaytirildi:

➖ bazaviy yoki tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt asosida öqiş istagini bildirgan abituriyentlar (1-bosqiç);
➖ PF–213-son (31.08.2022-y.) Farmoni asosida qoraqalpoğistonlik yoşlar uçun ajratilgan qöşimça qabul kvotalariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-bosqiç);
➖ öqişi köçirilgan (köçirib tiklangan) talabalar.

Bunda:

🔹 qabul parametri doirasida öqişga tavsiya etilgan abituriyentlar bazaviy tölov-kontrakt şaklida bir yillik öqitiş qiymatining kamida 25 foizi miqdorida;

🔹 tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt (super) asosida öqiş istagini bildirganlar, ular uçun belgilangan bir yillik öqitiş qiymatining kamida 50 foizi miqdoridagi tölovlarni amalga oşirişi lozim.

Eslatma: amaldagi tartibga köra, ikkinçi va undan yuqori bosqiç talabalar kontraktini tölaş muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilişi mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

  • 4 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek