Tölov-kontrakt mablağlarini tölaş muddati 25-dekabrga qadar uzaytirildi
1-kurs va öqişini köçirişga tavsiya etilganlar uçun tölov-kontrakt mablağlarini tölaş muddati 25-dekabrga qadar uzaytirildi
Davlat komissiyasining tegişli bayoni bilan, 2023/2024-öquv yilida oliy taʼlim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga tölov-kontrakt, jumladan, tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, öqişi köçirilgan (köçirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar öqişi uçun tölov haqini ötkaziş hamda talabalar safiga qabul qilişni rasmiylaştirişning sönggi muddati 2023-yilning 25-dekabri (şu kuni ham) etib belgilandi.
Eslatma: amaldagi tartibga köra, ikkinçi va undan yuqori bosqiç talabalar kontraktini tölaş muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilişi mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
