Toşkent köçalarida obodonlaştiriş xodimi kiyimini kiyib, tilançilik qilayotgan ayollar paydo bölibdi
Toşkent köçalarida obodonlaştiriş xodimlarining kiyimini kiyib, tilançilik qilayotgan ayollar paydo bölibdi. Qölida supurgi ham bor.
Lekin ular aslida tizimda işlamasligi maʼlum bölgan. Menimça, ular yurtdoşlarimizning rahmini keltiriş uçun şunday kiyim kiyib olişgan. Çunki şunçaki tilançilik qiladiganlarga “tilançilikdan köra, işlasangiz bölmaydimi?” deya eʼtiroz qilişadi. Agar ular obodonlaştiriş kiyimida bölişsa, tilançilikni kasbga aylantirib olgan inson qiyofasida körinmaydi va köproq odam ehson berişi mumkin.
Ammo ularning bu işidan haqiqiy obodonlaştiriş xodimlari xafa bölmoqda.
“Iltimos, xizmat kiyimlarimizni kiyib, bizni isnodga qöymanglar, biz halol mehnat qilamiz, tilançilik qilmaymiz”, — deyişmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
- 4 Telegram Stars

