Muhim

Toşkent şahridagi Prezident maktabi Şayx Zoid Ol Nahayon nomidagi nufuzli mukofot ğolibi böldi

Albom14-yanvar, 2025, 14:283 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Toşkent şahridagi Prezident maktabi barqaror rivojlaniş böyiça Şayx Zoid Ol Nahayon nomidagi nufuzli mukofotning "Global örta maktablar" nominatsiyasida ğolib deb topildi.

Mukofotni Birlaşgan Arab Amirliklari Prezidenti Şayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon topşirdi. Taqdirlaş marosimida Şavkat Mirziyoyev iştirok etdi va jamoani tabrikladi.

Toşkent Prezident maktabi öquvçilari Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan iştirokçilar içida faxrli 1-örinni hamda 150 ming AQŞ dollari miqdoridagi grantni qölga kiritdi.

Maʼlumot uçun, Zayed Sustainability Prize ekologik barqarorlik va inson farovonligiga xizmat qiluvçi innovatsiyalarni rağbatlantiradi. Mukofot 5 ta yönaliş böyiça beriladi:

1️⃣ soğliqni saqlaş;
2️⃣ taʼlim;
3️⃣ energiya;
4️⃣ suv;
5️⃣ global örta maktablar.

Vakillarimiz global örta maktablar yönalişida 🇹🇷Turkiya va 🇦🇿Ozarbayjon vakillari bilan finalga yöl olgan edi.

👉@xushnudbek👈

  • 2 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek