Toşkent şahridagi «Aviator» savdo-köngiloçar markazida yonğin bölmoqda
Toşkent şahridagi "Aviator" savdo-köngiloçar markazida yonğin bölmoqda
Bugun, 31-yanvar kuni soat 15:47 da Toşkent şahar, Yaşnobod tumani, Parkent köçasida joylaşgan "Aviator" savdo markazi binosi yonayotganligi töğrisida Toşkent şahar FVBBga xabar qilingan. Qutqaruv ekipajlari soat 15:53 da voqea joyiga yetib borgan.
Yonğin soat 16:50 da qurşab olingan.
Hozirda binodan barça fuqarolar evakuatsiya qilingan va yonğin öçiriş işlari olib borilmoqda. FVV yangi vaziri general-mayor A.Ikramov ham şu yerda ekan.
Yonğin oqibatida tan jarohati olganlar töğrisida xabar kelib tuşmadi.
"Korzinka"ga aloqasi yöq — Zafar Hoşimov
"Korzinka" supermarketlari tarmoği asosçisi Zafar Hoşimov ham uşbu masala böyiça qöşimça maʼlumot berdi. Unga köra, yonğin öçoği binoning ikkinçi qavatida, boşqa ijaraçilar hududida aniqlangan. "Korzinka" supermarketi esa birinçi qavatda ijara huquqi asosida faoliyat yuritadi, bino kompaniyaga tegişli emas.
"Yonğin "Korzinka" dökoni hududidan taşqarida yuz berdi va supermarketning yonğin kelib çiqişiga aloqasi yöq", - deyiladi xabarda.
👉 @xushnudbek 👈
- 3 Telegram Stars


