Toşkent viloyati IIBB 3 yilga qamalgan 21 yoşli Jahongir Uluğmurodov yuzasidan bayonot berdi
Toşkent viloyati Içki işlar boş boşqarmasi 3 yilga qamalgan 21 yoşli Jahongir Uluğmurodov yuzasidan bayonot berdi (töliq matn)
Bayonotda deyarli yangi gap yöq. Doimgidek Içki işlar jurnalistlar va jamoatçilikni noxolislikda hamda yolğon xabar tarqatişda ayblagan, şuningdek çiqarayotgan materiallarini tekşirişi kerakligini eslatgan.
Yangi gaplardan biri:
Toşkent viloyati IIBBning aytişiça, Jahongir Suriyada faoliyat olib borayotgan “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik taşkilot jangarilari tomonidan tayyorlangan maʼruzalarni internet orqali tinglaşi davomida ularning ğoyaviy taʼsiriga tuşgan va uşbu harakatlarni qöllab-quvvatlaşni boşlagan.
U, xalqaro terroristik taşkilot tarafdorlari sonini orttiriş maqsadida Internet orqali “jihod” va “şahidlikka çorlov" maʼruzalarini öziga taniş bölgan şaxslar va yaqinlari orasida tarqatiş bilan şuğullangan.
Xususan, u tomonidan tarqatilgan materiallar orasida “Şahid bölib ketsak rozi bölingiz” nomli naşida ham bölib, unda özbek tilida (arab tilida emas) diniy aqidaparastlik ğoyalari bilan yöğrilgan çorlov sözlari bölgan.
Bayonotning davomida siz-u bizga maʼlum gaplar aytilgan. IIBB xulosa sifatida Jahongirning harakati töğri baholangani, unga nisbatan Kodeksda körsatilganidan yengilroq jazo berilganini taʼkidlagan.
Özimdan qöşimça:
Bayonotda Jahongir bu kabi naşidalarni neça kişiga yoki neçta guruhga yuborgani aytilmagan. Atigi 1 ta guruhga yuborganmidi, yoki 10 ta, 20 ta, 50 ta, 100 ta? Uning maqsadi terroristik taşkilot aʼzolarini köpaytiriş bölgani ham juda katta ayblov, bu qaysi dalillar bilan isbotlangan ekan-a, qiziq? Yoki özi tergovda aytibdimikin, "meni maqsadim terroristik taşkilot aʼzolari sonini köpaytiriş edi" deb. Bu biz uçun hozirça jumboq.
Keça aytganimdek, hukmning qonuniyligi şubha ostiga olinişi mumkin emas, çunki şunaqa mazmundagi naşidani tarqatiş taqiqlanganmi, tamom, demak kim tarqatişidan qatʼi nazar, u — aybdor. Qonun şunaqa.
Asosiy gap jazoning qay darajada adolatli ekanligida!
Jazoning birlamçi maqsadi — mahkumni axloqan tuzatiş, uning jinoiy faoliyatni davom ettirişiga tösqinlik qiliş.
Yaʼni IIBB bayonotida aytilgan gaplar rost deb tasavvur qilaylik. Şunda 3 yil qamoqda ötirib çiqsa, Jahongir kabi 21 yoş bolalar terroristik taşkilot taʼsiridan qutilib çiqadimi yoki battar bu yurtni, bu Hukumatni, bu jamiyatni yomon körib, undan nafratlanib çiqadimi? Bunisini bilmadim. Aniq bir narsa deya olmayman.
IIBB bayonotida “Mehr” insonparvarlik operatsiyalari eslab ötilgan. Yaʼni Suriyadan terroristik taşkilot tarkibiga haqiqatda aʼzo bölib, quruq gapda emas, balki amalda jihod qiliş uçun uruş öçoğiga ketgan va balki kim bilsin haqiqatda kimlarningdir ölimiga bevosita/bilvosita sababçi bölgan yuzlab fuqarolarimiz keçirilib, ular Vatanimizga qaytarildi. Ularni jazolaş örniga, aksinça uy-joy, iş, moddiy yordam, ruhiy va maʼnaviy qöllab-quvvatlaş berildi. Nega? Çunki ular qilmişidan puşaymon bölgandi. Bu juda katta jasorat va bağrikenglik edi. Unça-bunçasi bunaqa qila olmaydi, qoyil qoliş kerak.
Öz yurtimizda esa 21 yoş bolaga diniy aqidaparastlik ğoyalari bilan yöğrilgan naşidani Telegramdan boşqalarga yubording, deb 3 yilga qamadik. Hali jihod qiliş uçun Suriyaga ketiş tugul, qişloğidan boşqa joyga çiqmagandi.
❗️Yana va yana qaytaraman: gap bu bolaga noqonuniy ayblov eʼlon qilinganida emas, gap jazoning qay darajada adolatli ekanligida.
Ammo berilgan bayonotlar va qöyilayotgan ayblovlar mazmunidan kelib çiqsak, jazo özgarmasdan qolsa kerak. Heç kimda bunaqa niyat yöq, şekilli.
‼️‼️‼️BARÇAGA DÖSTONA MASLAHAT: Şahidlik haqidagi maʼruzalarni saqlamang, tarqatmang, tarğib qilmang! Kimdir tarqatsa, uni ham ogohlantiring, unaqa guruhlardan çiqib keting. Özi umuman diniy maʼruzalarni faqat Özbekistondagi işonçli rasmiy manbalardan eşiting. Özini asraganni Alloh ham asraydi. Boşqalar qilayotgan xatolardan töğri xulosa çiqariş kerak, hadeb bir xil xatoni takrorlayvermasdan.
👉 @xushnudbek 👈

