Toşkentda boşlangan tadbirning uçinçi bosqiçi Pop tuman hokimi sobiq örinbosarini uşlaş bilan yakunlandi
Toşkentda boşlangan tadbirning uçinçi bosqiçi Pop tuman hokimi sobiq örinbosarini uşlaş bilan yakunlandi
Namangan viloyati Pop tumanidagi 20 gektar yer maydonida “Yangi Özbekiston” massivini barpo etiş doirasida rejalaştirilgan 105 ta köp qavatli uylardan 8 tasini qurişga ruxsat olib beriş evaziga 80 ming AQŞ dollari talab qilgan va uşbu pul mablağidan 40 ming dollarini oldindan berişini söragan, Toşkent şahrida yaşovçi, muqaddam firibgarlik bilan boğliq jinoyat sodir etganligi uçun sudlanib, hozirda ahloq tuzatiş işlari jazosini ötayotgan şaxs 2300 AQŞ dollarini olgan vaqtida uşlangan.
Olib borilgan tezkor suriştiruv tadbirlari davomida u oldindan söralgan 40 ming AQŞ dollarini muqaddam firibgarlik bilan boğliq sodir etgan harakatlari uçun hozirda içki işlar organlari tomonidan qidiruvda bölgan, Toşkent şahrida yaşovçi tanişiga berişi kerakligi maʼlum böldi va tezkor tadbir davom ettirilib, 37 700 AQŞ dollarini olgan vaqtida uşbu ikkinçi şaxs ham qölga olindi.
Öz navbatida u ham özaro kelişuvga muvofiq, umumiy 80 ming AQŞ dollaridan 48 ming dollarini Pop tumani hokimining sobiq örinbosariga berişi kerakligini bildirdi.
Pop tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda sobiq mansabdor şaxs 6,5 ming AQŞ dollarini oldindan olgan vaqtida uşlandi.
Hozirda uçala holat böyiça Jinoyat Kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Manba: UzA
👉 @xushnudbek 👈


