Toşkentda gullar festivali sabab baʼzi köçalarda harakat çeklanadi
🚧 Toşkentda gullar festivali sabab baʼzi köçalarda harakat çeklanadi
Toşkentda ekologik tarbiya va “yaşil iqtisodiyot” ğoyalarini tarğib qiliş maqsadida “Gullar festivali” ötkaziladi. Festivalning asosiy tadbirlari Özbekiston Milliy kutubxonasi oldidagi maydonda bölib ötadi.
Şu sababli 29-apreldan 3-maygaça quyidagi köçalarda transport vositalari harakati vaqtinça çeklanadi:
🔹 Zarafşon köçasining “Hyatt Regency Taşkent” mehmonxonasi va Matbuotçilar köçasi oraliği;
🔹 Istiqlol köçasining A.Temur va Buyuk Turon köçalari oraliği;
🔹 Buyuk Turon köçasining Istiqlol köçasi kesişmasidan Yoşlar ijod saroyigaça bölgan qismi.
Festivalga taşrif buyuruvçilardan jamoat transportidan foydalaniş tavsiya etiladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 2 Telegram Stars


