Toşkentda köçmas mulk qiymati 7-15 baravarga oşdi, endi soliqlar ham şunçaga oşadimi
❓ Toşkentda ommaviy baholaş natijasida köçmas mulk qiymati 7-15 baravarga oşdi, endi soliqlar ham şunçaga oşadimi?
✅ Qisqa javob: bugungi kun uçun soliq umuman özgarmaydi. Kelgusida soliq soliş masalasi qayta körib çiqilişi mumkin, lekin unda ham keskin oşib ketmaydi, demoqda rasmiylar.
📝 Batafsil javob: Uşbu savolga Köçmas mulkni ommaviy baholaş milliy markazi direktor örinbosari Feruz Sultonov quyidagiça javob berdi:
Ommaviy baholaş natijasida aniqlangan qiymatni soliq stavkasi yoki soliq summasi bilan tenglaştiriş töğri bölmaydi. Amaldagi qonunçilikka muvofiq, turar joylarning mulk soliği bazasi etib kadastr qiymati belgilangan.
Yaʼni, köçmas mulkni ommaviy baholaş natijasi bugungi kunda heç qanday huquqiy oqibatni keltirib çiqarmaydi.
Toşkent şahar natijalari böyiça jamoatçilik muhokamasi yakunlanib, “Köçmas mulkni ommaviy baholaş töğrisida”gi qonun qabul qilinganidan keyin, tegişli vazirlik va idoralar tomonidan soliqqa tortiş masalasi körib çiqiladi.
Şuni alohida taʼkidlaş joizki, soliq siyosatidagi har qanday özgarişlar aholi va tadbirkorlar manfaatlari, aholini ijtimoiy himoya qiliş va iqtisodiy vaziyatni hisobga olgan holda alohida körib çiqiladi. Yaʼni soliqlar keskin oşib ketadi, degan xavotirga örin yöq.
👉 @xushnudbek 👈


