Toşkentda qalbaki dorilar tayyorlab, ularni sotuvga çiqarganlar uşlandi
❗️Toşkentda qalbaki dorilar tayyorlab, ularni sotuvga çiqarganlar uşlandi
Davlat xavfsizlik xizmati axborot xizmati xabar berişiça, DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti hamkorligida Toşkentda ötkazilgan tezkor tadbir davomida biologik faol qöşimçalar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan MÇJga tegişli manzilda noqonuniy ravişda sex taşkil etilgani foş etildi.
Yaşirin faoliyat olib borayotgan sexda qonunga xilof tarzda qalbaki dori vositalari tayyorlanib, şahar dorixonalari orqali sotuvga çiqarib kelingani aniqlangan.
Tekşiruv davomida uşbu manzildan jami 11 dona dori işlab çiqariş stanoklari, 21 dona dori tayyorlaşda kerak böladigan qoliplar hamda umumiy oğirligi 389 kg bölgan kukun va tabletkalar, “Raikal” nomli pnevmatik qurol va boşqa narsalar aşyoviy dalil sifatida olindi.
Şuningdek, MÇJga tegişli ikkinçi manzilda ham yaşirin sex mavjud bölib, undan dori vositalari işlab çiqarişda foydalaniladigan qolip va uskunalar, böş dori kapsulalari, qutilari, yöriqnomalar, kukun körinişidagi xom-aşyolar protsessual tartibda rasmiylaştirib olindi.
“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizlik markazi” DM ekspertiza xulosasiga köra, yaşirin sexda “Ursosan 250 mg”, “Neyromidin 20 mg”, “Fanigan” dori vositalari qalbakilaştirilgan.
Tadbir mantiqiy davom ettirilib, mazkur sexda işlab çiqarilayotgan dorilarni sotiş bilan şuğullanuvçi va “Fanigan” dori vositasini qalbakilaştiriş böyiça buyurtma berib, 130 kg uşbu dorining substansiyalarini keltirib bergan şaxsning dorixonasi ham közdan keçirildi.
Natijada, uşbu dorixonadan “Fanigan”, “Azimak”, “Siprolet” kabi 15 turdagi 1.067 quti qalbaki hamda 14 turdagi 274 quti yaroqlilik muddati ötgan dorilar aniqlandi.
Hozirda noqonuniy sex taşkilotçilarining uç nafariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 186−3-moddasi 2-qismi “b” va “g” bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
- 3 Telegram Stars
