Tushuntirish

Toşkentda röyxatga turiş osonlaşadi

Matn8-may, 2023, 20:211 daqiqa0 koʻrish

Toşkentda röyxatga turiş osonlaşadi

Bugun qabul qilingan Prezident farmoniga köra, 2 oy içida Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy röyxatga oliş böyiça qonunni öz kuçini yöqotgan deb topiş haqida loyiha işlab çiqilib, Oliy Majlisga kiritiladi.

❓Xöş, unda Toşkentda röyxatda turiş qanaqa böladi?

Farmonda aytilişiça, Içki işlar vazirligi bir oy muddatda fuqarolarni yaşaş joyi böyiça röyxatga olişda xabardor qiliş tartibini joriy etişga qaratilgan mutlaqo yangi mexanizmlarni nazarda tutuvçi farmon loyihasini taqdim qiladi.

Boşqaça aytganda, kelgusida Toşkentda röyxatda turişda şunçaki onlayn xabardor qiliş kifoya böladi. Katta ehtimol bilan, bu orqali "doimiy yoki vaqtinçalik propiskang qani?" deb bezovta qilişlar yöqoladi.

Çunki garçi propiska rejimi bekor böldi deyilgani bilan, bu muammo bugun ham aktual bölib turibdi. Ayniqsa talabalar köp qiynalişmoqda, kunda kunora şu sabab bilan jarima tölayotganlar ham yöq emas.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek