Toşkentdagi Börijar kanalida 3 kişi çökib ketgan
Toşkentdagi Börijar kanalida 3 kişi çökib ketgan
10-aprel kuni Börijar kanalining Toşkent şahri Çilonzor tumanidan ötgan qismida uç kişi, şu qatorda, 5 yoşli bola va uning onasi çökib ketdi, deya xabar bermoqda Renessans TV.
Guvohlarga köra, 5 yoşli bola qirğoqda öynab, tasodifan suvga tuşib ketgan. Uni körgan onasi bolani qutqariş uçun suvga sakragan, biroq kuçli oqim tufayli u ham çökib ketgan. Boşqa bir kişi ularga yordam berişga harakat qilgan, ammo uni ham suv oqimi olib ketgan.
Toşkent şahri Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi matbuot xizmati rahbari Zuhriddin Qurbonovning maʼlum qilişiça, qutqaruvçilar bola va ayolning jasadini topgan, erkakni qidiriş işlari esa davom etmoqda.
👉 @xushnudbek 👈

