Toşkentdan Nurafşongaça BRT (tezkor avtobus yölagi) quriladi

Foto25-mart, 2026, 12:571 daqiqa0 koʻrish

🚍 Toşkentdan Nurafşongaça BRT (tezkor avtobus yölagi) quriladi

Xalq deputatlari Toşkent viloyati Kengaşi mazkur loyiha konsepsiyasini maʼqulladi.

Loyihaning ayrim tafsilotlari:

➖ 23 kilometrlik yöl Toşkent şahridagi Qöyliq bozori hududidan boşlanib, Toşkent viloyatining Örtaçirçiq va Yuqoriçirçiq tumanlaridan ötadi va Nurafşon şahrida yakunlanadi;

➖ Loyiha konsepsiyasiga köra, infratuzilma avtomobil yöli, BRT, 9 ta bekat (5 tasi milliy, 4 tasi zamonaviy uslubda), yöl ötkazgiçlar, köpriklar va yerosti yöllarini qamrab oladi. Bekatlar oraliği örtaça 2,9 km böladi;

➖ BRT tizimi orqali kuniga 50 mingdan ortiq yölovçi taşiladi. Örtaça harakatlaniş tezligi 60 km/soatgaça oşiriladi. Toşkent va Nurafşon orasida qatnov vaqti 30 daqiqagaça qisqaradi;

➖ Loyiha qiymati qariyb 120 mln dollar bölib, xalqaro moliya institutlari va respublika byudjeti mablağlari hisobidan moliyalaştiriladi. Loyihani 2028-yil oxirigaça yakunlaş rejalaştirilmoqda.

👉@xushnudbek👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek