Toşkentdan Urganç, Nukus, Samarqand va Qarşi yönalişlarida qöşimça poyezdlar qatnovi joriy etiladi
“Toşkent — Urganç”, “Toşkent — Nukus”, “Toşkent — Samarqand”, “Toşkent — Qarşi” yönalişida qöşimça yölovçi poyezdlar qatnovi joriy etiladi. Bu haqda “Öztemiryölyölovçi” AJ xabar qildi.
Şuningdek, mavjud yönalişdagi yölovçi poyezdlarga bosqiçma-bosqiç qöşimça vagonlar ham ulanişi rejalaştirilgan.
❗️Talabalarga maslahat: 50% çegirma garçi juda keç eʼlon qilingan bölsa ham, hali sizda bilet sotib oliş uçun imkoniyat bor.
eticket.railway.uz saytini kuzatib boring, yangi yönaliş qöşilsa yoki qöşimça vagonlar ulansa, biletlar sotuvda paydo böladi. Bundan taşqari saytda yaxşi funksiya bor, yaʼni yölovçi maʼlumotlarini oldindan kiritib qöyiş mumkin. Şunda sotuvda bilet paydo bölib qolsa, tezda xarid qiliş mumkin böladi, har safar yölovçi maʼlumotlarini kiritib, ovora bölib ötirmaysiz.
👉 @xushnudbek 👈


