Transparency International 2023-yil uçun Korrupsiyani idrok qiliş indeksini eʼlon qildi
Transparency International xalqaro korrupsiyaga qarşi taşkiloti 2023-yil uçun Korrupsiyani idrok qiliş indeksini eʼlon qildi.
Yangi reytingda Özbekiston beş poğonaga kötarilib, 180 ta davlat içida 121-örindan joy oldi.
Avvalgi yillarda Özbekistonning örni:
2022-yilda 126-örin;
2021-yilda 140-örin;
2020-yilda 146-örin;
2019-yilda 153-örin;
2018-yilda 158-örin.
2023-yilda 100 ballik indeks böyiça Özbekiston 33 ball töpladi (2018-yilda 23 ball edi).
19 davlatni öz içiga olgan Şarqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida eng yaxşi natijani Gruziya körsatdi — 49-örin (53 ball). Qozoğiston 39 oçko bilan 93-poğonadan joy oldi. Reytingda Belarus 98-örinda (37 ball), Ukraina 104-örinda (36). Qirğiziston va Rossiya 26 oçko jamğarib, 141-örinni bölişdi. Tojikiston (20) va Turkmaniston (18) mos ravişda 162 va 170-örinni egalladi.
Mezonga köra, 0 — korrupsiyaning öta yuqori darajasi, 100 — öta past darajasi hisoblanadi.
👉 @xushnudbek 👈


