Turkiyada ilk temuriyzoda malika Şodmalik Sultonning qöli bilan yozilgan Qurʼon qölyozmasi topildi
Turkiyada ilk temuriyzoda malika Şodmalik Sultonning qöli bilan yozilgan Qurʼon qölyozmasi topildi
Bu haqida Toşkentda ötayotgan Özbekiston madaniy merosi haftaligida maʼlum qilindi. Noyob topilma Amir Temurning çevarasi, Temurning katta öğli Jahongir Mirzoning nevarasiga qizi tomonidan atab bitilgan.
Qölyozmani topgan Istanbul universiteti doktori Emek Uşenmesning bildirişiça, Anqarada Temurning nevarasi Jahongir Mirzo Boyazid bilan bölgan jangda yaralanadi va Kaysera şahriga kelib vafot etadi. 1467-yil qizi malika Şodmalik Sulton öz qöllari bilan Qurʼoni Karim oyatlarini qölyozma şaklida yozib tugatadi. U ayni paytda Istanbuldagi Turk va islom asarlari muzeyida saqlanmoqda.
Madaniy meros haftaligida uşbu qölyozmaning faksimile nusxasi Özbekistonga qaytarilişi maʼlum qilindi.
👉 @xushnudbek 👈



