Sport

Usik — mutlaq jahon çempioni

Video19-may, 2024, 07:472 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Usik — mutlaq jahon çempioni

Bugun tunda Saudiya Arabistonida bölib ötgan "asr jangida" ukrainalik Oleksandr Usik britaniyalik Tayson Fyurini mağlub etib, superoğir vazn toifasida mutlaq jahon çempioni böldi. Jang 12 raund davom etdi va hakamlarning bölingan qarori bilan (bitta hakam Fyuri ğalabasini qayd etdi) Usik ğalaba qozondi.

Şu tariqa Usik sönggi 25 yil içida barça 5 ta kamarga (WBA, IBF, WBO, IBO, WBC) ega çiqqan ilk boksçiga aylandi.

9-raund sönggida Fyuri nokdaun holatiga tuşdi va raund tugagani sababli jon saqlab qoldi.

Oleksandr Usik faoliyatidagi 22-ğalabani qölga kiritdi. U hozirça biror marta mağlub bölmagan (14 ta nokaut). Tayson Fyuri esa ilk mağlubiyatini qabul qilib oldi. Bungaça uning hisobida 34 ta ğalaba (24 ta nokaut) va 1 ta durang bor edi.

Usik jangdan söng revanşga tayyor ekanligini bildirdi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek