Uzbekistan Airways 2026-yildan A321neo samolyotlarida internetdan foydalaniş mumkinligini maʼlum qildi

Matn9-aprel, 2025, 13:381 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

✈️ Uzbekistan Airways 2026-yildan boşlab A321neo samolyotlarida internetdan foydalaniş mumkinligini maʼlum qildi

Uzbekistan Airways 2026-yildan boşlab parkiga qöşiladigan yangi Airbus A321neo havo kemalarini Airbusʼning HBCplus sunʼiy yöldoş texnologiyasi bilan jihozlaydi. Bu tizim barqaror va tezkor internet aloqasini taʼminlab, yölovçilarga parvoz davomida kontent tomoşa qiliş, muloqot qiliş va onlayn işlaş imkonini beradi.

“A321neo samolyotining ilğor aloqa vositalari bilan jihozlanişi bizning qulaylik va xizmat sifatiga sodiqligimizni aks ettiradi. Airbus bilan hamkorlik bizni Markaziy Osiyoda yetakçi aviataşuvçiga aylantiradi.” - deb aytgan kompaniya boşqaruv raisi Şuhrat Xudoyqulov.

👉 @xushnudbek 👈

  • 3 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek