Uzoq muddatda paxta narxlari pasayadi — Cotton Analytics taşkiloti vakili
Uzoq muddatda paxta narxlari pasayadi — Cotton Analytics taşkiloti vakili
Samarqandda ötkazilayotgan xalqaro töqimaçilik va kiyim-keçak federatsiyalarining yillik anjumanida Cotton Analytics vakili Terri Taunsend jahon paxta bozoridagi talabning tuşişi haqida gapirdi.
Uning sözlariga köra, AQŞda Ikkinçi jahon uruşidan to 2000 yillar boşiga qadar paxtaga bölgan talab doimiy ravişda oşib kelgan. XXI asr boşida mamlakatda paxta isteʼmoli 6 million tonnalik maksimumga yetgan. Şundan söng, paxtaga bölgan talab ham, uning narxlari ham ösişdan töxtagani, ayni paytga kelib esa AQŞ aholisi 20 yil avvalgiga nisbatan ança kam paxta sotib olayotgani taʼkidlandi.
Xuddi şu tendensiya paxtaning yana bir yirik bozori Yevropa Ittifoqida ham kuzatilmoqda. Mazkur holat Özbekiston singari paxtaning yetakçi eksportçi davlatlarini bu masalada jiddiy çoralarni körişga undaydi. Zero jahon bozorida paxta narxi kelgusida yanada pasayişi prognoz qilinmoqda.
👉 @xushnudbek 👈

