UzReport telekanali 10 yoşga töldi

Albom30-aprel, 2024, 11:102 daqiqa0 koʻrish

UzReport telekanali 10 yoşga töldi

Özbekistonda xususiy medianing şakllanişi va rivojlanişiga katta hissa qöşgan UzReport telekanalini uşbu yubiley yoşi bilan çin dildan qutlayman.

“Jonli efir” degan tuşunçani özbek mediasida aynan UzReport mustahkamlagan, desam mubolağa bölmaydi. Ha, töğri, avvallari ham jonli efir qilinardi, lekin ular barmoq bilan sanarli hamda asosan sport musobaqalarida bölardi xolos. UzReport esa siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy, umuman olganda istalgan tadbirni jonli efirda uzatiş mumkinligini, bundan qörqmaslik kerakligini amalda isbotlab, axborot makoniga yangi havo olib kirgan.

UzReport telekanali men uçun ham özgaça qadrli. Xabaringiz bor, 3 yildan buyon Metsenat.uz nomli talabalarga kontrakt tölaşga yönaltirilgan loyihani amalga oşiramiz. Loyiha davomida jami 6 mlrd sömdan köproq miqdorda grant va stipendiyalar eʼlon qilişga erişdik.

UzReport telekanali aynan şu loyihani telekanallar orasida eng birinçi qöllab-quvvatlagan edi. Telekanal rahbari Ravşanxon aka Jörayevga bu loyiha haqida aytişim bilan, özlari jonli efirda taqdimot uçun bepul joy ajratib bergan. Praym-taymda! Undan keyin ham MetsenatUz haqida juda köp reportajlar berişdi va berib kelişmoqda. Ilm-maʼrifatni qöllab-quvvatlaş, ijtimoiy loyihalarni beminnat tarğib qiliş kabi jihatlari uçun ham UzReportni juda hurmat qilaman.

Telekanal jamoasini yana bir bor yubileyi bilan tabriklab, ularning ijodiy faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilayman!

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek