Vanihoyat pedagoglar uzoq kutayotgan qonun imzolandi
Pedagogning maqomi to’g’risida.pdf
PDF · 5,7 MB
❗️Vanihoyat pedagoglar uzoq kutayotgan qonun imzolandi
Şavkat Mirziyoyev bugun, 1-fevral kuni “Pedagogning maqomi töğrisida”gi Qonunni imzoladi.
Qonun bilan pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari, faoliyatining asosiy kafolatlari, mehnatiga yaraşa haq tölaş, rağbatlantiriş va ijtimoiy himoya qiliş tamoyillari belgilandi.
❌ Jumladan, quyidagilar taqiqlanadi:
➖ pedagogni kasbiy faoliyati bilan boğliq bölmagan işlarga, şu jumladan hududlarni obodonlaştirişga va qişloq xöjaligi işlariga jalb qiliş;
➖ pedagogdan uning kasbiy majburiyatlariga taalluqli bölmagan hisobotlarni va boşqa maʼlumotlarni, şu jumladan bitiruvçilarning bandligi taʼminlanganligi haqidagi hisobotlarni şakllantirişini va taqdim etişini talab qiliş;
➖ pedagogning zimmasiga tovar va xizmatlarni sotib oliş majburiyatini yuklaş, şu jumladan iş haqidan uning yozma roziligisiz tovar va xizmatlar uçun mablağ uşlab qoliş.
👉 @xushnudbek 👈


