Vazirliklar xodimlarining tadbirkorlik bilan şuğullaniş holatlari yuzasidan örganişlar ötkazildi
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi tomonidan vazirlik va idoralar, davlat muassasalari va taşkilotlar xodimlarining tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullaniş holatlari yuzasidan örganişlar ötkazib kelinmoqda.
Xususan:
— Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligining 72 nafar xodimi 79 ta;
— Toğ-kon sanoati va geologiya vazirligining 59 nafar xodimi 60 ta;
— Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 22 nafar xodimi 23 ta;
— Energetika vazirligining 7 nafar xodimi 8 ta tadbirkorlik subyektida taʼsisçi sifatida röyxatdan ötganligi maʼlum böldi.
Yuqoridagi qonunbuzilişi holatlari böyiça mazkur vazirliklarga Agentlikning taqdimnomalari kiritildi.
👉 @xushnudbek 👈



