Sport

Vengriyada bölib ötgan Butunjahon şaxmat olimpiadasi ğolib va sovrindorlari taqdirlandi

Albom23-sentabr, 2024, 10:313 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Vengriyada bölib ötgan Butunjahon şaxmat olimpiadasi ğolib va sovrindorlari taqdirlandi.

Jumladan, 🇺🇿Özbekiston delegatsiyasi 4 ta medalni qölga kiritdi:

Jamoaviy bahslarda:

🥉Bronza medali — erkaklar örtasidagi terma jamoamiz;

Yakkalik bahslarida:

🥇Oltin medal — Şamsiddin Vohidov (4-taxta);

🥈Kumuş medal — Nodirbek Abdusattorov (1-taxta);

🥈Kumuş medal — Nodira Nodirjonova (5-taxta).

Maʼlumot uçun: qizlarimiz umumjamoa hisobida 12-örinni qölga kiritdi va bu tariximizdagi eng yaxşi natija böldi.

Taqdirlaş marosimi sönggida FIDE prezidenti Arkadiy Dvorkoviç taşkilot bayroği va Olimpiada maşʼalasini keyingi mezbon davlat — Özbekiston vakili Nodirbek Abdusattorovga topşirdi.

Şu bilan bizga 12 kun davomida hayajonli onlarni taqdim etgan musobaqa öz yakuniga yetdi.

2026-yilgi Olimpiadada Özbekistonda körişgunça xayr!

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek