Sport

Vladimir Kramnik hamda Hou Ifan III «Zakovat-Gambit» turniri uçun Toşkentga yetib keldi

Albom17-noyabr, 2023, 09:051 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Şaxmat böyiça jahon çempionlari Vladimir Kramnik hamda Hou Ifan III “Zakovat-Gambit” şaxmat turnirining final bosqiçida qatnaşiş uçun Toşkentga yetib keldi.

14-jahon çempioni Vladimir Kramnikni köpçilik yaxşi bilsa kerak, uni ortiqça taʼriflaşga hojat yöq.

Hou Ifan ham şaxmat olamining yulduzi. U ayni vaqtda ayollar örtasidagi eng kuçli, birinçi raqamli şaxmatçi. Hou Ifan yakkalik bahslarida tört karra (2010, 2011, 2013, 2016) jahon çempioni, jamoaviy musobaqalarda Xitoy ayollar terma jamoasi bilan uç karra jahon çempioni (2007, 2009, 2011) bölgan.

Vladimir Kramnik ham, Hou Ifan ham turnir iştirokçilariga seans ötkazişadi.

Eslatib ötamiz, 18-19-noyabr kunlari III “Zakovat-Gambit” şaxmat turnirining final bosqiçi bölib ötadi! Turnir sovrin jamğarmasi - 600 million söm!

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek