Muhim

Xitoydagi yoki u yerga borişni rejalaştirayotgan Özbekiston fuqarolari diqqatiga

Matn25-yanvar, 2020, 19:562 daqiqa0 koʻrish

Manba:Tashqi ishlar vazirligi

Xitoy hududida bölib turgan yoki uşbu mamlakatga borişni rejalaştirayotgan Özbekiston fuqarolari diqqatiga

Özbekistonning Xitoydagi Elçixonasi va Şanxay şahridagi Boş konsulxonasi taqdim etgan maʼlumotga köra 2020-yil 25-yanvar holatiga köra koronavirusli pnevmoniyadan vafot etganlar soni 41 nafarga, kasallanganlar esa 1287 nafarga yetdi, yana 1965 kişi kasallangan degan gumon bilan şifokorlar nazoratida. Ular orasida Özbekiston fuqarolari qayd etilmagan.

Uşbu virusning yanada tarqalişini oldini oliş maqsadida Xubey provinsiyasining Uxan şahri va boşqa 12 ta şaharlari karantin uçun yopildi. Mahalliy hokimiyat gavjum joylarda virus yuqişi xavfining yuqoriligini inobatga olib sanitariya tadbirlari davomida taşqariga çiqmaslikni maslahat bermoqda.

Karantin eʼlon qilinişi munosabati bilan tegişli hokimiyat organlari Xitoyda akkreditatsiya qilingan xorijiy mamlakatlarning barça diplomatik vakolatxonalariga çet el fuqarolarini karantin eʼlon qilingan şaharlardan evakuatsiya qiliş böyiça rad javobini bermoqda. Karantin kiritilganidan söng boşqa davlatning elçixonalari öz fuqarolarini evakuatsiya qilgani töğrisidagi xabar haqiqatga töğri kelmaydi.

Taşqi işlar vazirligi va Özbekistonning Xitoydagi diplomatik vakolatxonalari vaziyatni nazoratga olgan hamda barça masalalarni, jumladan zarurat tuğilganda Özbekiston fuqarolarini evakuatsiya qiliş masalarini hal qiliş uçun tegişli hokimiyat organlari bilan doimiy aloqada bölib turibdi.

Elçixona va Boş konsulxona vakillari Özbekiston fuqarolari bilan doimiy muloqot örnatgan, jumladan “WeChat” ijtimoiy tarmoğida “Uxan 2020 Özbekiston” va “Uzbeks in Wuhan” guruhlari işlab turibdi.
Ayni paytda mazkur vaziyatni monotiring qiliş va virusning Özbekiston hududida tarqalişining oldini oliş böyiça tegişli çoralar köriş uçun Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osiyiştalik agentligi qoşida ştab taşkil etildi. Xavfli hududlardan keladigan barça fuqarolar kuzatuvga olinadi.

Yuqoridagilarni inobatga olib TIV Xitoy hududidagi Özbekiston fuqarolariga zarur holatlarda istalgan vaqtda mamlakatimizning Pekin şahridagi Elçixonasiga (tel.: +86 135-1102-4242, Bobur Yaxyayev, +86 139 1175-4476, Şuxrat Umirov) hamda Şanxay şahridagi Boş konsulxonasiga (tel.:+86 131-2255-5772, Aziz Uluğbekov) murojaat qilişlari mumkinligini eslatib ötadi.

https://mfa.uz/uz/press/news/2020/01/23033/
https://t.me/uzbekmfa

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek