Tezkor

Xöjaobod tumani prokurori örinbosari pora bilan qölga olindi

Video7-noyabr, 2023, 11:323 daqiqa0 koʻrish

Xöjaobod tumani prokurori örinbosari pora bilan qölga olindi

Andijon viloyati Xöjaobod tuman prokuraturasi tergovçisi tuman içki işlar bölimining tergov bölimi tomonidan Jinoyat Kodeksining 168- va 228-moddalari bilan qözğatilgan jinoyat işi böyiça gumonlanuvçiga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasini qöllamaslik va tergov harakatlari davomida yengillik yaratib beriş evaziga 5 ming AQŞ dollari talab qilgan.

Tergovçi söralgan pul mablağini umumiy ovqatlaniş maskanida olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Tergov jarayonida tergovçiga uşbu pullarni oliş böyiça körsatmani tuman prokurori örinbosari berganligi töliq isbotlanib, u ham qamoqqa olindi. 

***

Samarqand viloyatida kuzatilgan holatda esa Pastdarğom tumani prokurori yordamçisi tuman içki işlar bölimining tergov bölimi tomonidan tergov harakatlari olib borilgan jinoyat işida ayblanuvçi sifatida ötayotgan fuqaroga nisbatan sud jarayonida yengillik qiliş va sud idoralarida işlovçi tanişlari orqali qamoqdan çiqariş evaziga, uning qarindoşlaridan 3 ming AQŞ dollari talab qilgan.

Ötkazilgan tezkor tadbirda, prokuror yordamçisi söralgan pul mablağidan 2500 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

***

Ikkala holat yuzasidan ham Jinoyat kodeksining 168- va 211-moddalari bilan jinoyat işi qözğatildi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek