Xorijda öqiş uçun grant yutgan davlat fuqarolik xizmatçilarining iş örinlari saqlaş taklif etilmoqda
🎓 Xorijda öqiş uçun grant yutgan davlat fuqarolik xizmatçilarining iş örinlari saqlaş taklif etilmoqda
Bu böyiça qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari tomonidan birinçi öqişda qabul qilindi.
Qonun loyihasiga köra:
➖ Davlat xizmatçisi nufuzli xorijiy taʼlim muassasasiga magistratura yoki doktoranturada öqiş böyiça grant yutganda, iş beruvçining yozma roziligi asosida uning iş örni (lavozimi) saqlanadi;
➖ Iş beruvçi tomonidan rozilik berişda öquv dasturining yönalişi uşbu davlat organi faoliyati bilan bevosita boğliq bölişi inobatga olinadi;
➖ Öquv dasturi yakunlangaç, davlat fuqarolik xizmatçisi zimmasiga tegişli davlat organi tizimida xorijda tahsil oliş davriga teng muddatga işlab beriş majburiyati yuklanadi;
➖ Şuningdek, davlat fuqarolik xizmatçisining xorijda öqiş davri uning mehnat stajiga qöşib hisoblanadi, köp yillik xizmati uçun har oylik ustama belgilaşda inobatga olinadi.
👉 @xushnudbek 👈
- 2 Telegram Stars



