Xorijiy va nodavlat oliygohlar talabalari uçun davlat granti tanloviga arizalar qabuli boşlandi
❗️Xorijiy va nodavlat oliygohlar talabalari uçun davlat granti tanloviga arizalar qabuli boşlandi
Arizalar 10-oktyabrdan 17-oktyabrgaça (şu kuni ham) my.uzbmb.uz sayti orqali qabul qilinadi.
❓Tanlovda kimlar iştirok etişi mumkin?
Tanlovda xorijiy oliy taʼlim taşkilotlarining Özbekistondagi filiallari hamda nodavlat oliy taʼlim taşkilotlarida bakalavriat taʼlim yönalişlarining kunduzgi taʼlim şakliga qabul qilingan, davlat granti kvotalari ajratilgan taʼlim sohalarida tahsil olayotgan talabalar iştirok etişlari mumkin.
📝Tanlov qanday ötkaziladi?
➖ talabalar tegişli fanlar majmuasi böyiça Bilim va malakalarni baholaş agentligi ötkazadigan test sinovlarida qatnaşadi;
➖ joriy yilda davlat OTMlariga kiriş imtihonlarida mos fanlar majmuasi böyiça test topşirganlar öşa natijasi bilan ham tanlovda qatnaşişi mumkin;
➖ grantlar minimal ötiş balini töplagan talabalar orasida ballar ketma-ketligi asosida, ajratilgan kvotalar doirasida taqsimlanadi.
‼️ Muhim: Davlat granti butun öqiş davri uçun beriladi. Grant olgan talabalar öqişni tugatgaç, davlat yoki davlat uluşi mavjud taşkilotlarda kamida 3 yil işlab berişi şart.
👉 @xushnudbek 👈
- 2 Telegram Stars


