Tushuntirish

Xotin-qizlarga foizsiz taʼlim krediti beriş tartibi haqida maʼlumot

Matn10-sentabr, 2024, 16:121 daqiqa0 koʻrish
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzÖzbekistonda taʼlim krediti miqdori, foizlari, qaytariş muddati va onlayn ariza topşiriş tartibi haqida batafsil qöllanma.

Xotin-qizlarga foizsiz taʼlim krediti beriş tartibi haqida maʼlumot

Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga köra, tölov-kontraktda öqiyotgan xotin-qizlarga foizsiz (0%) taʼlim krediti beriş tizimi joriy etilgan.

❓Kimlarga beriladi?

✅ Özbekistondagi barça oliy taʼlim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlarning Özbekistondagi filiallari);
✅ Örta maxsus va professional taʼlim muassasalari öquvçilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).

❓Qaysi kurslarga beriladi?

✅ Barça kursdagilarga beriladi, 1-kursmi, 3-kursmi, farqi yöq.

❓Qaysi taʼlim şakliga beriladi?

✔️ faqat kunduzgi şaklga.

❌ Quyidagilarga berilmaydi:

➖ super-kontrakt;
➖ sirtqi, keçki va masofaviy taʼlim şaklga;
➖ qöşma taʼlim;
➖ ikkinçi mutaxassislik;
➖ ordinatura;
➖ xorijdagi OTMlarga.

❓Tölaş qaçondan boşlanadi?

Taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy öqiş muddati tugagandan söng yettinçi oydan boşlab (yaʼni olti oy ötib) 7 yil davomida qaytariladi. Masalan, 7 mln söm taʼlim krediti olinsa, öqişni tugatgandan söng, 6 oy ötgaç 7 yil mobaynida oyma-oy 83 ming sömdan tölab boriladi.

❓Foizsiz taʼlim krediti oliş uçun kam taʼminlangan böliş kerakmi?

✅ Yöq, uşbu taʼlim krediti oilaviy ahvolidan qatʼi nazar barça xotin-qizlarga beriladi, faqat "Ayollar daftari"ga kirganlarga, ehtiyojmand oilalarga beriladi, degan gap notöğri.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek