Xususiy universitetlarga litsenziya beriş bir neça oydan buyon töxtatilgan
❗️Xususiy universitetlarga litsenziya beriş bir neça oydan buyon töxtatilgan. Yozma qarorlardan oğzaki buyruq ustun jamiyatda tadbirkorlik rivojlanmaydi
Yaqin kunlarda Şavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan oçiq muloqoti bölib ötişi kutilmoqda. Şuningdek, kuni keça Toşkent viloyatida Prezident raisligida tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş orqali soliq bazasini kengaytiriş böyiça videoselektor yiğilişi bölib ötdi.
Yiğilişda aytildiki, soliq tuşumlari mavjud salohiyatimizdan ança kam bölmoqda va "bunda tadbirkorlarni ayblab bölmaydi" dedi davlat rahbari.
Yuqoridagi fikrlar isbotini birgina nodavlat oliy taʼlim sohasida ham köriş mumkin.
Fevral oyidan buyon Özbekistonda nodavlat oliy taʼlimga litsenziyalar beriş kimningdir oğzaki topşiriği yoki jamoatçilikka eʼlon qilinmagan yaşirin hujjat bilan töxtatib qöyilgan. Bunga sabab sifatida litsenziya berişning yangi tartibi işlab çiqilayotgani aytilmoqda. Ammo qonunçilik talabi böyiça yangi qaror loyihasi işlab çiqilgani amaldagi normativ-huquqiy hujjatni töxtatib qöyişga asos böla olmaydi!
He yöq, be yöq, litsenziya beriş töxtatilişi ortidan uşbu sohaga investitsiya kiritgan tadbirkorlar öta muşkul ahvolda qolişdi. Şaxsan özim bir neça ana şunday tadbirkorlar bilan gaplaşdim, ular universitet binolari va işga olingan professor-öqituvçilar uçun har oy katta mablağ tölab borişmoqda. Lekin na qabul eʼlon qila olişadi, na işini boşlay oladi. Yaʼni har oy katta xarajat qilib, özlari laylak haydab yurişibdi.
“Bunaqada xonavayron bölamiz”, deyişmoqda tadbirkorlar.
Xöp, bu bilan kimdir şuğullanadimi? Tadbirkorlar huquqini kim himoya oladi? Biznes-Ombudsman, Boş prokuratura yoki Adliya vazirligimi? Nima uçun amaldagi qonunçilik “ignor” qilinib, xususiy OTMlarga litsenziya beriş töxtatib qöyilganining huquqiy bahosini berişadimi?
Bir-ikkita huquqbuzar xususiy OTMlarning kasriga butun tizim şunaqa qiynalişi va halol tadbirkorlar xonavayron bölişi kerakmi?
❓Prezidentimiz oliy taʼlim bilan qamrovni oşiramiz, deb jon kuydirayotgani qayerda qoldi?
❓Tadbirkorlikni rivojlantiraylik, soliq tuşunmini oşiraylik, deb kuyib-pişayotganlari qayerda qoldi?
Keyin yana özimiz hayron bölib yuramiz, nega bizda tadbirkorlik kutilgandek rivojlanmayapti, köp investorlar kelmayapti, deb. Bunaqa boşboşdoqlik bölgan joyga investor kelarmidi?
MASLAHATIM: Özbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan navbatdagi oçiq muloqotiga tayyorgarlik köriş maqsadida Call-markaz yölga qöyilgan.
📞 1094 qisqa raqami yoki 🕊@taklif2023bot ga murojaat qilib, sizni qiynayotgan masalalarni, jumladan barça şartlarga töğri kelsangiz ham, litsenziya berilmayotganini maʼlum qilsangiz böladi. Zora şunda biror siljiş bölsa.
Bu vaziyatda bundan boşqa yana nima qiliş mumkinligiga, oçiği aqlim yetmayapti.
👉 @xushnudbek 👈


