Fikr

Yana bir bolajon maşina tagida qolib öldi: köz yoşlarning oğirligi yöq

Matn5-iyul, 2024, 14:321 daqiqa0 koʻrish

Yana bir bolajon maşina tagida qolib öldi: köz yoşlarning oğirligi yöq

Navoiydagi voqeani ijtimoiy tarmoqlarda öqigan/körgan bölsangiz kerak. 8 yoşli qizaloq piyodalar ötiş yölagidan ötayotganda tezlikda özaro poygalaşgan 2 ta maşina urib yuboribdi, bittasi ustidan bosib ketganga ham öxşadi. Dilingizni xira qilmaslik uçun videosini joylab ötirmayman.

Afsuski, bunaqa holatlarni keskin kamaytira olmayapmiz, çunki buni çin dildan xohlab, harakat qiladigan mardlar topilmayapti.

Yöl harakati xavfsizligini yaxşilaşga oid jiddiy çoralar köriş paytida şu soha tepasidagi masʼullar ham, Hukumat vakillari ham ijtimoiy tarmoqdagi “avtoterrorist”larning oh-vohidan xavotir oladi va qörqqanidan ular bilan hisoblaşadi.

Aslida esa Hukumat şahar içida 170 tezlikda yuradigan “avtoterrorist”lar bilan emas, aksinça qoidabuzarlar tufayli farzandini, ota-onasini va boşqa jigarlarini yöqotgan fuqarolar bilan hisoblaşişi kerak edi. Ularning dardini eşitişi va boşqa qaytarilmasligi uçun keskin çoralar körişi şart edi.

Afsuski bizda unday emas. Ming afsus.

Özi tinimsiz radarga tuşib, keyin videoda “voy-dod, oyligim kam, endi bu jarimani qanday tölayman” deb yiğlaydigan ahmoqlar, qança köp qoida buzganini ijtimoiy tarmoqlar orqali köz-köz qilib, maqtanadigan maşhur kaltafahm sanʼatkor va blogerlar, qonunlarga qançalik tupurib qöyganini körsatişga urinadigan kattakonlarning betayin arzandalari Özbekistonda tarozi pallasini köproq bosib yubormoqda. Ularning toşi oğir, bolasini yöqotganlarning köz yoşlari esa yengil kelmoqda.

Afsus, ming afsus…

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek