Fikr

Yana bir bor darsliklar masalasida

Matn8-sentabr, 2022, 11:013 daqiqa0 koʻrish
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzMaktab darsliklari ijara narxi 2 baravar oşişi muhokamalarga sabab bölmoqda. Muallif narxlarga moratoriy eʼlon qiliş yoki darsliklarni tekin qilişni taklif qil…

Yana bir bor darsliklar masalasida

Şu kunlarda darsliklar ijarasining narxi keskin oşib ketgani ortidan muhokamalar avjiga çiqib ketdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan eʼtirozlarning aksariyati töğri. Sababi darsliklarimiz sifati umumiy olganda yomon. AÇINARLI desa ham böladi. Buni inkor qiliş quyoş ğarbdan çiqadi, deyiş bilan barobar.

Ammo şu eʼtirozlar fonida ğalati-ğalati çiqişlarni ham körib qolyapmizki, oçiği nima deyişga ham hayronman. Ayniqsa maska ortidagi kanallarda turli iğvo, tuhmat va haqoratga töla postlar eʼlon qilinmoqda. Darsliklar sifati, mazmuni, metodikasining tahlili emas, asosan şaxslarni yerga uriş, ularga mağzava ağdarişga qaratilgan postlar köpaydi.

Bunga hayron bölmasa ham böladi. Uzoq yillar davomida darsliklar ustiga “ötirib” olgan maʼlum bir guruhlar, ötgan davr mobaynida darsliklar yangilanişiga tiş-tirnoği bilan qarşi edi. Darslik tayyorlaşni özlariga ota-bobosidan bir umrga meros qolgan vakolat deb hisoblovçilar ham yöq emasdi. Göyoki davlat faqat va faqat ularga buyurtma berişi kerak, boşqa mualliflar jamoasiga berdimi, tamom, bu adolatsizlik. Yaʼni özi darslik yozsa – hammasi yaxşi, boşqalar darslik yozsa – hammasi yomon.

Mana şu kuraşlar bugun axborot maydoniga jirkanç usulda köçdi. Asosli yozilgan maqola va tahlillarni körib, fikr qilyapmiz, darsliklar tizimidagi xato va kamçiliklardan xabardor bölyapmiz, ammo ayrim mağzavalarni körib, hayratdan yoqa uşlapmiz.

Şuningdek, keça yangi darslik mualliflarining Prezidentga video-murojaatini körib, bunga ham hayron qoldim. Balki yuqorida men aytgan postlardan mualliflarning qalbi oğrigandir. Şu sababli ular mana şunday yöl tanlaşgandir. Ammo baribir juda ğalati. Bu xuddi qörqoq oldin muşt kötararga öxşab qolgandek.

Oxirgi 2-3 yilda tayyorlangan yangi darsliklar barça darsliklar sonining 10 foizi atrofida xolos. Qolgan 90 foizi eski darsliklar. Davlat eng avvalo bor kuçini mana şu 90 foizga qaratişi tabiiy. Çunki asosiy muammolarimiz şu qismda. Eski darsliklar mualliflariga hurmatni saqlagan holda aytamanki, ularning aksariyati bugungi zamon talabiga mutlaqo javob bermaydi (ayrim istisnolar bölişi mumkin). Yangi darsliklar esa judaaa ideal bölmasa ham, har holda nisbatan yangiça ruh va uslubda yozilgan.

Prezident tomonidan darsliklarni örganiş böyiça jiddiy topşiriq berilgandan söng, eski darsliklar emas, yangi darslik mualliflari bundan köproq xavotirga tuşayotgani, oldindan “straxovka” sifatida turli çiqişlar qilayotgani oçiği meni hayron qoldirmoqda. Aslida aynan mana şu jamoa darsliklarni töliq tekşiruvdan ötkazişdan, ularni zamonga moslab yangilaşdan manfaatdor bölişi kerak ediku.

Hali tekşiruvlar boşlanmasdan turib, uning xolisligiga şubha qiliş sifatsiz darslik mualliflarining tegirmoniga suv quyiş emasmi? Ular köproq çapak çaladiku bunga. Bu sohada jiddiy qadamlar taşlanmasa, yillar davomida darsliklar yangilanmasa, oxir-oqibat bundan kimga köproq foydayu, kimga zarar? Foyda kimgaligini yaxşi bilasiz, qaytarib ötirmayman, zararini esa xalq, kelajak avlod köradi.

Töğri, darsliklar tayyorlaş va çop etiş sohasi şu darajada çigallaşib ketganki (buni OAVlarda eʼlon qilinayotgan maqolalardan ham körib turibmiz), men bilmaydigan köp gaplar ham bölişi mumkin. Ammo har qanaqa vaziyatda ham hozir birlaşişimiz kerak. Bu taʼlim uçun öta muhim jarayon.

Xolislikni yöqotmagan holda, turli adovatlar, şaxsiy manfaatlarni bir çetga surib, mamlakat kelajagiga bevosita taʼsir qiluvçi qarorlarni qatʼiyat bilan qabul qiliş vaqti keldi. Darsliklarimizning aksariyat qismi talabga javob bermaydimi, tamom, ularni almaştiriş kerak. Almaştiriş faqat minglab tonna qoğozni isrof qiliş yöli bilan emas, balki zamonaviy usullardagi multimedia-elektron darsliklar körinişida bölişi ham mumkin. Mumkin emas, şart va zarur deya qolaylik.

Xullas, hozir ortga çekiniş payti emas.

Öyinlar va intrigalar esa doim bölgan va bundan keyin ham böladi. Nailoj. Çumçuqdan qörqqan tariq ekmaydi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek