Muhim

Yangi Mehnat kodeksi qabul qilindi

Foto31-oktabr, 2022, 17:162 daqiqa0 koʻrish

❗️Yangi Mehnat kodeksi qabul qilindi. Yaxşi özgarişlar bor

Özbekiston Respublikasining yangi Mehnat kodeksi tasdiqlandi. Prezident bunga oid qonunni imzoladi.
Yangi Mehnat kodeksi 6 oy ötgaç kuçga kiradi. Ungaça eskisi amalda böladi.

Yangi kodeks 7 bölim, 34 bob va 581 moddadan iborat.

Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi Spikeri örinbosari Odiljon Tojiyev yangi kodeksga oid ayrim özgarişlar haqida maʼlumot berdi:

Jumladan, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida:

✅ mehnat taʼtilining minimal davomiyligi hozirgi 15 iş kuni örniga 21 kalendar kuni etib belgilanmoqda!

👴🏻 “xodimning pensiya yoşiga yetganligi munosabati bilan iş beruvçining taşabbusi bilan mehnat şartnomasini bekor qiliş” asosi çiqarib taşlanmoqda. Avvalgi kodeksga köra, iş beruvçilar xodim pensiya yoşiga yetganda öz taşabbusi bilan bemalol işdan böşata olar edi;

💵 işdan böşatiş nafaqasini iş beruvçida işlagan iş stajiga qarab differensiatsiyalaşgan miqdori belgilanmoqda. Yaʼni: 3 yilgaça iş stajiga ega xodimlarga örtaça oylik iş haqining 50%, 3 yildan 5 yilgaça – 75%, 5 yildan 10 yilgaça – 100%, 10 yildan 15 yilgaça – 150%, 15 yildan ortiğiga – 200% beriladi. Avvalgi kodeksda iş stajidan qatʼi nazar barçaga 100%lik örtaça oylik iş haqi miqdorida işdan böşatiş nafaqasi tölanar edi;

‼️ davlat bayramlari (işlanmaydigan bayram kunlari) kunlariga dam oliş kuni töğri kelgan taqdirda uni köçiriş qoidasi kiritilmoqda. Bu haqda avval ham köp bora yozgan edik. Yaʼni aytaylik 21-mart - Navröz bayrami yakşanba kuniga, yaʼni şundoq ham dam oliş bölgan kunga töğri kelib qolsa, ertasi kungi duşanba ham dam oliş kuni deya eʼlon qilinadi. Avvalgi kodeksda bu qoida yöq edi, boşqaça aytganda dam oliş kuni "kuyardi";

💼 bugungi kunda mehnat bozorida mavjud 12 xil mehnat turlari aks ettirilmoqda (masalan, kasanaçilik, YATTda yollanma işçilar, uy işçilari, kunlik, vaqtinçalik va mavsumiy işçilar, smenali işçilar, masofaviy işçilar va boşq.). Bu avvalgi kodeksda yöq edi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek