Yaponiya maktablari haqida (1-qism)

Albom18-may, 2023, 16:053 daqiqa0 koʻrish

Manba:Xushnudbek.uz

Yaponiya maktablari haqida (1-qism)

Maktablar mavzusini davom ettiramiz. Asli qirğizistonlik bölgan Twitter foydalanuvçisi yapon maktablari haqida qiziq maʼlumotlarni ulaşgan. Uning farzandi hozir boşlanğiç sinfda öqirkan, maʼlumotlar ham şunga taalluqli.

•Yaponiyada maktab taʼlimi 12 yil davom etadi. 6 yil boşlanğiç, 3 yil örta va 3 yil yuqori sinf.

• Yaponiyada maktablar bepul. Ammo ovqat uçun 8000 yen atrofida tölanadi, bu oyiga taxminan 50 dollar.

• Ovqat menyusi nutritsiolog va tibbiyot vakillari tomonidan tuziladi, maʼqullangandan söng ularni barça ota-onalarga elektron poçta orqali jönatişadi va agar baʼzi bolalarda maʼlum yegulikka allergiya bölsa, ularni röyxatdan olib taşlaşadi hamda boşqa oziq-ovqatlar bilan almaştiriladi. Har oy uçun tuşlik jadvali bor (1-rasm).

• Darslarda bolalarga darhol yoziş va öqiş örgatilmaydi, ularga avval ruçkani qanday uşlaş va töğri ötiriş örgatiladi (2-rasm). Şuningdek, köproq tarbiya va etikaga eʼtibor qaratiladi.

• Maktab formasi yöq, hamma xohlaganiça kiyinadi. Öquvçilarga kitob, qalpoq, sumka uçun ğilof berişadi.
Sariq rang – xavfsizlik uçun, bola yöldan ötayotganda hamma köra olişi uçun (3-rasm).

• Darslar ertalab 8:15 dan boşlanadi va 17:00 gaça davom etadi.

• Yöllarda har burçakda nazoratçilar turadi. Ota-onalar oyda bir marta jadval asosida bolalarni maşina urib ketmasligi, maşinalar qoidani buzmasligini nazorat qiliş uçun qölida bayroq bilan köça böylab navbatçilik qilişadi (4-rasm).

• «Maktabimiz şu paytgaça birorta bola yöqolib qolmagani, jarohatlanmagani yoki yöl-transport hodisasiga uçramagani bilan faxrlana oladi».

• Forma yöq, lekin maktab binosiga kirayotganda öquvçilar oyoq kiyimi yeçilib, şippakka almaştiriladi (5-rasm).

• Bolalar sinfini özlari tozalaydi, öqituvçi polni yuvadi, bolalar esa çang artib, çiqindi taşlab kelişadi, 1-sinfdanoq gullarni suğorişadi.

• Öqituvçilarning barçasi ayollar (6-rasm).

(davomi bor)

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek