Yaşnobod tumanidagi Texnoparkda maişiy sovutgiçlar işlab çiqariş zavodi foydalanişga topşirildi

Albom29-avgust, 2020, 21:352 daqiqa0 koʻrish

Bugun Yaşnobod tumanidagi Texnoparkda ikkinçi istiqbolli loyiha – maişiy sovutgiçlar işlab çiqariş zavodi foydalanişga topşirildi. Prezident Şavkat Mirziyoyev ramziy tugmani bosib, korxonani oçdi.

Korxonada işlab çiqariş jarayoni töliq avtomatlaştirilgani natijasida har 19 sekundda bitta mahsulot tayyorlaş mumkin. Yuqori qöşimça qiymatga ega bu sovutgiçlarning 30 foizini eksport qiliş közda tutilgan. Bu yerda 1500 ta iş örni yaratilgan.

Umumiy qiymati 51,5 million AQŞ dollari bölgan korxonada Janubiy Koreyaning “Samsung Electronics” kompaniyasi texnologiyasi örnatilgan. Uskunalarni montaj qiliş va loyihani işga tuşirişga ham koreyalik mutaxassislar jalb qilingan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek