Yaxşi gaplardan gaplaşaylik
Yaxşi gaplardan gaplaşaylik.
Bugun Yoşlar ittifoqi hamda GEN Uzbekistan assotsiatsiyasi hamkorligida taşkil etilgan Özbekistonda global tadbirkorlik haftaligiga start berildi. Oçiliş marosimida Yoşlar ittifoqi raisi Alişer Saʼdullayev, Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov va bir qator xorijiy mehmonlar ham iştirok etişdi.
Şuningdek, haftalik doirasidagi ilk yalpi bahs-munozaralar bölib ötdi. Mavzu: «Konsepsiya-2030: oliy taʼlimda davlat va biznes hamkorligi imkoniyatlari».
Unda quyidagi spikerlar iştirok etişdi (çapdan öngga):
Zafar Hoşimov - KorzinkaUz supermarketlar tarmoği rahbari;
Komiljon Karimov - Toşkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti rektori;
Xasan Mamasaidov - «Dekos» kompaniyasi rahbari;
Uluğbek Kamaletdinov - SSP Tadbirkorlik faoliyati asoslarini öqitiş respublika markazi direktori;
Sarvar Buzrukxonov - Oliy va örta maxsus taʼlim vazirining örinbosari.
Munozarada spikerlar tajribalaridan kelib çiqib, oliy taʼlim tizimini rivojlantirişga oid qiziq maʼruzalar qilişdi. Men ham u-bu narsa dedim))

