Yer bilan boğliq korrupsion holatlar foş etildi
Yer bilan boğliq korrupsion holatlar foş etildi
DXX maʼlumotiga köra, Sirdaryo viloyati Sardoba tumani hokimligi masʼul xodimi 15 gektar yer maydonini 3 yilga ijaraga beriş evaziga 360 mln söm talab qilgan. Şuningdek, uşbu yerning toifasini kovrak ekişga özgartirib beriş uçun fuqarodan 30 ming AQŞ dollari olayotganda qölga olingan.
***
Toşkent şahrida esa bank xodimlari va yana ikki fuqaro 5,99 gektar yer maydonini 455 ming dollar evaziga sotişga kelişgan. Ular avans sifatida 85 ming dollar olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
***
Xorazm viloyatida 1984-yilda tuğilgan fuqaro singlisi bilan birga 2500 m² ekin yer maydonini rasmiylaştirib beriş uçun 66 ming dollar söragan. U oldindan 45 ming dollar va 130 mln söm olayotganida uşlandi. Viloyatning Yangibozor tumanida investitsiya bölimi mutaxassisi e-auksiondagi 1 gektar yer maydonini olib beriş evaziga 300 mln söm sörab, 243 mln söm va 4300 dollar olganida qölga tuşdi.
***
Andijonda esa uç nafar fuqaro 30 sotix yer maydonini 27 ming dollarga sotişga va uning toifasini qurilişga moslaştiriş uçun qöşimça 11 600 dollar olayotganda uşlangan.
***
Farğona viloyati Rişton tumanida yaşovçi şaxs soxta hujjatlar asosida 26 sotix yer maydonini turar joyga özgartirib beriş uçun 26 ming dollar olgan vaqtida qölga olingan.
Mazkur holatlar böyiça Jinoyat kodeksining tegişli moddalari asosida tergov harakatlari olib borilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈


