Yer usti halqa yölining ayrim bekatlari 3 kunga yopiladi
Yer usti halqa yölining ayrim bekatlari 3 kunga yopiladi
Toşkent metropoliteni axborot xizmatining maʼlum qilişiça, “Yer usti halqa yöli” yönalişining II bosqiçidagi Quruvçilar dahasidan Sergeli mavzesigaça bölgan Turon (13-bekat) va Qipçoq (14-bekat) metro bekatlarida quriliş işlarining sönggi bosqiçi amalga oşirilmoqda.
Şu munosabat bilan 3-5-noyabr kunlari 3 kun muddatga “Yer usti halqa yöli” yönalişining Tolariq (10-bekat), Xonobod (11-bekat) Quruvçilar (12-bekat) bekatlarida poyezdlar harakati töxtatiladi.
Yölovçilarga noqulaylik tuğdirmaslik maqsadida “Qiyot” (9-bekat) va “Quruvçilar” (12-bekat) bekatlari oraliğida bepul xizmat körsatuvçi qöşimça avtobuslar harakati yölga qöyiladi.
👉 @xushnudbek 👈



