Muhim

Yolğiz keksalar va nogironligi bor şaxslarga şahar transportidan bepul foydalaniş huquqi berilmoqda

Matn15-avgust, 2024, 21:341 daqiqa0 koʻrish

❗️ Özgalar parvarişiga muhtoj bölgan, yolğiz yaşovçi keksalarga va nogironligi bölgan şaxslarga şahar yölovçi transportidan bepul foydalaniş huquqi berilmoqda

Bu haqdagi qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Unga köra, ayrim qonun hujjatlariga quyidagiça özgartirişlar kiritilmoqda:

🔹 Ijtimoiy himoya milliy agentligining zimmasiga dafn etiş uçun nafaqani beriş vazifasini yuklaş, agentlikning xotin-qizlarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş sohasidagi vakolatlarini belgilaş, şuningdek fuqarolik işlari böyiça sudlarga va maʼmuriy sudlarga murojaat qilişda davlat bojini tölaşdan ozod etiş;

🔹 özgalarning parvarişiga muhtoj bölgan 80 yoşga tölgan keksalarga qarab turilgan vaqt iş stajiga qöşib hisoblanişi uçun davolaş muassasasining xulosasi talab etilmaydi;

🔹 özgalar parvarişiga muhtoj bölgan, yolğiz yaşovçi keksalar va nogironligi bölgan şaxslar yöqolgan yoxud yaroqsiz holga kelgan Özbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiyalovçi ID-kartasi yoki biometrik pasportini almaştirişda davlat bojini tölaşdan ozod qilinmoqda;

🔹 ularga homiylik qiliş uçun yönaltirilgan mablağlar soliq bazasini aniqlaşda çegirib taşlanadigan xarajatlar jumlasiga kiritilişi belgilanmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek