Fikr

Yomon kontentga qarşi qanday kuraşiş mumkin?

Video30-oktabr, 2024, 19:175 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Yomon kontentga qarşi qanday kuraşiş mumkin?

Instagram, TikTok, YouTube yomon kontentga tölib ketyapti, yoşlarimizning maʼnaviyati buzilib ketyapti, deb köp noliymiz. Bu holatni tinimsiz tanqid qiluvçilar topiladi. Hatto baʼzilar şu sababli qaysidir manbalarni taqiqlaş va bloklab qöyişni ham söraydi.

Menimça, taqiqlaş yeçim emas. Yomon kontentga qarşi kuraşişning eng samarali usuli yaxşi kontentlarni köpaytiriş va bunday kontent tayyorlovçilarni rağbatlantiriş. Boşqaça yölni körmayman, oçiği. Birgina şeʼriyat misolida aytsam.

Özbekiston Qahramoni Abdulla Oripov umrining sönggi yillarida özining juda köp şeʼrlarini öqib bergan va bu videoga muhrlangan. Oçiği, öşa videolarni tez-tez körib turaman va har safar mazza qilaman. Şoirning öz tilidan öqilgan şeʼrlarning mazasini tuşungan tuşunadi, bilgan biladi. Ijtimoiy tarmoqlarda ham öşa videolar hozirgaça aylanib turadi va ayrimlari hatto millionlab körilgan ham.

"Lolazor" podkastining oxirgi sonida Özbekiston xalq şoiri Usmon Azim bilan suhbatda aynan şu haqida gap oçdim, ularga ham şuni savol ölaroq taklif sifatida aytdim.

Usmon aka fikrimni maʼqulladilar, ammo ular aytgan ayrim jihatlarda ham jon bor. Yaʼni bizning uluğ şoirlarimiz bunaqa texnik masalalar bilan öralaşib yurişlari kerak emas, ular mazza qilib ijod qilsin, ijod tarğiboti bilan esa xos jamoalar şuğullansin. Tarğib qilganda ham yoşlar uslubida, ularga yoqadigan formatlarda, joriy trendlarni his qilgan holda qiziqarli qiliş kerak. Bu iş bilan ayni qaysi taşkilot şuğullanişi kerak, kim moliyalaştirişi lozim, bular muhokama uçun alohida boşqa mavzu.

Xullas, bu borada qisqaça fikrim şunaqa. Yuqoridagi videoni körsangiz, yanada tuşunarli böladi.

Agar şoirning özi öqigan şeʼr qay darajada yoqimli bölişini bilmoqçi bölsangiz, unda Usmon aka podkastning oxirida öqigan 2 ta şeʼrni tinglab köring.

👉 @xushnudbek 👈

  • 1 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek