YUNISEF xalqaro taşkiloti koronavirusga qarşi vaksinalarni maʼlum bir haroratni saqlagan holda taşiş
YUNISEF xalqaro taşkiloti koronavirusga qarşi vaksinalarni maʼlum bir haroratni saqlagan holda taşiş uçun Özbekistonga 17 ta muzlatkiçli yuk maşinasi va 206 ta Miniven-Labo avtomobillarini topşirdi. Bundan közlangan maqsad vaksinalarni mamlakat böylab xavfsiz va tezkor taşişdir.
Taqdim etilgan transport vositalarining umumiy qiymati 2 million AQŞ dollarini taşkil etadi.
Bu albatta juda yaxşi xabar. Ammo köz tegdimi deyman, hali birorta vaksina taşişga ulgurmasidan bugunning özida 9 ta maşina yöl transport hodisasiga uçrabdi. Nima deymiz endi, kegan balo-qazo şularga ursin, deb qöya qolamizda özbekça qilib. Asosiysi haydovçilar jiddiy jarohatlanmabdiku, xayriyat.
👉 @xushnudbek 👈

